Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Adliya aralashuvi bilan 46,8 mln so‘mlik ustama to‘lovi undirildi


Urganch tumani adliya bo‘limi tomonidan fuqaro E. U.ning ayrim fanlar chuqur o'rgatiladigan umumiy ta’lim maktabida direktor lavozimida ishlab kelib oylik ish haqiga qo‘shimcha ravishda to‘lanishi lozim bo‘lgan 20 foiz ustama to‘lovlar to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati ko‘rib chiqildi.

Aniqlanishicha, fuqaro E. U ayrim fanlar chuqur o‘rgatiladigan umumiy ta’lim maktabida 2021-yilning sentabr oiydan boshlab direktor lavozimida ishlab kelib lavozimi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan 46 835 756 so‘m miqdoridagi 20 foiz ustama haqlari o‘rganish kuniga qadar to‘lab berilmasdan qonun hujjatlarining buzilishiga yoʻl qoʻyilgan.

Ushbu holat yuzasidan tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga ustama to‘lovlarini to‘lanishi yuzasidan taqdimnoma kiritildi va ushbu taqdimnomaga asosan fuqaroga 46 835 756 so‘m miqdoridagi ustama to'lovlari to'lab berildi.