Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Adliya sayli


Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayrami “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi va shiori ostida Urganch tumanidagi “Ulli hovli” majmuasida Mustaqillik bayrami  va  “Adliya sayli” bo‘lib o‘tdi.

“Adliya sayli” doirasida huquqiy targ‘ibot, madaniy-ma’rifiy loyihalarni o‘zida mujassam etgan keng qamrovli dasturlar tashkil qilindi.
Tadbir ishtirokchilarga O`zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida erishilgan natijalar, amalga oshirilgan ishlar haqida yillar kesimida ma’lumotlar berildi va mavzuga oid bo`lgan buklet va flayerlar tarqatildi.

“Huquqiy avtobus” loyihasi doirasida Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlari tomonidan tezkor, qulay va shaffof sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi, “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan aholini qiziqtirgan masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

Tadbirning madaniy-ma’rifiy qismida madaniyat xodimlari, san’atkorlar, so`z ustalari va sportchilar, milliy madaniy markazlar xodimlari o`zlarining ko`rgazmali va badiiy chiqishlari bilan hamda el suygan san’atkorlarning konsert dasturlari bilan tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yillik bayramini nishonlashdan asosiy maqsad — xalqning munosib mehnati, irodasi va bunyodkorlik salohiyati bilan erishilgan yutuqlarni sarhisob qilish, milliy suverenitet va istiqlol g‘oyalarini jamiyatda yanada mustahkamlashdir.