Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Huquqiy xizmatlarda raqamli imkoniyatlar kengaymoqda


Urganch tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari kadrlar bo‘yicha menejerlari ishtirokida “E-huquqshunos” elektron tizimining mobil ilovasidan foydalanish hamda amaliyotda uchrayotgan muammolar yechimiga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda mehnat munosabatlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiluvchi “E-huquqshunos” elektron tizimining mobil versiyasi imkoniyatlari keng yoritildi.

Ta’kidlanganidek, mazkur ilova orqali xodimlar ish beruvchiga elektron ariza va murojaatlar yuborishi, o‘zlariga nisbatan rasmiylashtirilayotgan buyruq loyihalari bilan tanishishi, shuningdek, mehnat faoliyatiga oid huquqiy axborotlardan tezkor foydalanishi mumkin.


Seminar davomida tizimdan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berilib, ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Bu kabi amaliy seminarlar xodimlarning mehnat huquqlarini ta’minlash, huquqiy jarayonlarni raqamlashtirish hamda mehnat munosabatlarida shaffoflikni yanada oshirishga xizmat qiladi.