Янгиликлар
21
Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi
Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha avgust oyida bo‘lib o‘tadigan imtihon sanalari e’lon qilindi.
Unga ko‘ra:
imtihonning yozma qismi — 24-avgust kuni;
gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi — 25-avgustdan 4-sentyabrgacha (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) o‘tkaziladi.
Talabgorlar my.gov.uz portalining "Mening arizalarim" bo‘limidan ruxsatnomani yuklab olishlari va undan imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini bilishlari mumkin.
Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.
Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/chet-tili-08-20-4