Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Bilasizmi


Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar quyidagi hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri (sinovlarsiz) tan olinadi:

xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta, kasbiy ta’lim va malaka oshirish ta’limini olgan talabgorlarning xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari;

O‘zbekiston hududida alohida bo‘linmalari (filiallari) yoki qo‘shma ta’lim dasturlari asosida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan xorijiy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olgan talabgorlarning hujjatlari;

ro‘yxati har yili tasdiqlanadigan xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olgan talabgorlarning hujjatlari;

xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun O‘zbekiston vazirliklari, idoralari hamda davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalarning mablag‘lari hisobidan ta’lim olgan talabgorlarning hujjatlari;

1992-yil 1-yanvargacha xorijiy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan talabgorlarning hujjatlari va boshqalar.