Янгиликлар
13
Ma'naviyat va zamonaviylik yoshlar nigohida
“Yoshlar kuni” doirasida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Urganch shahridagi “Bilim – xazina” kutubxonasida “Ma’naviyat va zamonaviylik” mavzusida yoshlarning dunyoqarashini kengaytiruvchi motivatsion uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “Oltin qalam” Milliy mukofoti sohibi, publitsist, 1-darajali mehnat faxriysi Abdulla Sabirov ishtirok etib, yoshlar bilan hayotiy tajribasi, ma’naviyatning inson kamolotidagi o‘rni, zamonaviy dunyoda bilimli, faol va mustaqil fikrlaydigan yosh bo‘lishning ahamiyati haqida samimiy suhbatlashdi.
Shuningdek, muloqot davomida yoshlarni doimo izlanish, o‘qish, yangilikka intilish, o‘z ustida ishlash va jamiyat hayotida faol ishtirok etishga undovchi fikr-mulohazalar bildirildi.
Erkin va samimiy ruhda kechgan uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ularga atroflicha javoblar oldi.
Zero, ma’naviyat va zamonaviy bilim uyg‘unligi – kelajak bunyodkorlarining eng muhim tayanchidir.