Янгиликлар
12
Bilasizmi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yashovchi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga quyidagi xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratiladi:
turar joyida artezian qudug‘i qazish;
suv nasoslari va ichimlik suvi filtrlarini xarid qilish hamda o‘rnatish.
Subsidiya mazkur xarajatlarning 90 foizi, biroq BHMning 30 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun ajratiladi.
Ushbu xizmatlar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi tadbirkorlik subyektlari reyestriga kiritilgan tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.