Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Endi bankdan 500 AQSH dollarigacha naqd chet el valyutasini hujjatsiz olish mumkin!


Eslatib o‘tamiz, Adliya vazirligi tashabbusi bilan qabul qilingan idoraviy hujjatga ko‘ra, endilikda banklardan 500 AQSH dollarigacha naqd chet el valyutasini sotib olishda pasport, ID-karta yoki ular o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat talab etilmaydi.

Mazkur idoraviy hujjat (ro‘yxat raqami 2886-12, 2026-yil 8-may) joriy yil 9-avgustdan e’tiboran kuchga kirdi.

Bunga qadar banklardan chet el valyutasini hujjatsiz sotib olish mumkin bo‘lgan miqdor 100 AQSH dollarini tashkil qilar edi.

Adliya vazirligi aholiga yengillik yaratishga qaratilgan tashabbuslarni amaliyotga joriy qilishni o‘zining eng asosiy vazifalaridan biri deb hisoblaydi.