Янгиликлар
10
Xorazm viloyatida intellektual mulk masalalari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi
Adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov ishtirokida intellektual mulk huquqlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan sayyor qabul o‘tkazildi
Qabul davomida aholi va tadbirkorlik subyektlarining intellektual mulk huquqlari sohasidagi murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan zarur huquqiy va amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
Tadbir davomida quyidagi natijalarga erishildi:
9 nafar jismoniy va yuridik shaxsga tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, ixtiro, foydali model va sanoat namunalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha talabnoma topshirishda amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
7 nafar tadbirkorga intellektual mulk huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
6 ta yozma murojaat joyida qabul qilinib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi.
Sayyor qabulda 30 ga yaqin fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha maslahat oldilar.
Bunday sayyor qabullar fuqarolar va tadbirkorlarning huquqiy muammolarini bevosita o‘rganish, ularni hal etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda intellektual mulk huquqlarining ishonchli himoyasini ta’minlashga xizmat qiladi.