Янгиликлар
07
Abituriyentlar diqqatiga!
Ertaga tanlovning 2-bosqichi yakunlanadi!
Barcha abituriyentlar 8-avgustga qadar (shu kuni ham) ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakllari va tanlov ustuvorliklarini tanlashga ulgurishlari kerak.
Eslatib o'tamiz, buning uchun my.gov.uz portalining “Abituriyentni onlayn ro'yxatdan o'tkazish” xizmati tanlanib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.
Tanlovni oxirgi kun va oxirgi soatlarga qoldirmang.
Tanlov ustuvorligini belgilashning aniq mexanizmi haqida bu yerdan ma'lumot olishingiz mumkin.