Янгиликлар
31
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi rahbariyatining navbatdagi sayyor qabuli o`tkazildi.
Davlatimiz rahbarining 05.01.2026-yildagi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan Yangibozor tumanidagi "Qadriyat" mahallalarida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabulda viloyat adliya boshqarmasi boshlig`ining birinchi o'rinbosari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Bandlik organlari tomonidan bo`sh ish o`rinlari yarmarkasi, yoshlar uchun sport musabalari tashkil etildi.
Qabul davomida profilaktik hisobda turgan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, nizoli oilalar bilan manzilli ishlash, huquqiy muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda bu borada “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Sayyor qabul davomida, 25 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglandi, 5 ta murojaat joyida hal etildi, 3 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berildi, 9 nafar fuqaroga sayyor tartibda huquqiy va davlat xizmatlari ko`rsatildi va o‘rganilishi talab etilayotgan holatlar bo‘yicha 4 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.