Янгиликлар
31
Nizolarni sudgacha hal qilish mumkin!
Mediatsiya — bu nizolashayotgan tomonlarning mustaqil va xolis mediator ishtirokida o‘zaro maqbul kelishuvga erishish usulidir.
Qanday afzalliklar bor?
Vaqt tejaladi.
Xarajatlar kamayadi.
O‘zaro munosabatlar saqlanib qoladi.
Jarayon maxfiy tarzda olib boriladi.
Qonunchilikka muvofiq mediatsiya quyidagi toifadagi nizolarda qo‘llanilishi mumkin:
• fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar;
• tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq nizolar;
• mijoz va bank (kredit tashkilotlari) oʻrtasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar;
• sugʻurta shartnomasidan yuzaga keladigan munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar
• yakka mehnat nizolari;
• oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ayrim nizolar.
Bu esa fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga nizolarni sudgacha yoki sud jarayonida o‘zaro kelishuv asosida hal etish imkonini beradi.
Kelishuv — eng yaxshi yechim!