Янгиликлар
29
Adliya xabari
Xorazmda 2025-2026 yillarda 8254 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining joriy yil 27-iyul kungi VII-24-87-12-0-K/26-sonli Qaroriga asosan 1509 nafar fuqarolarning yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo‘lgan mulk huquqini eʼtirof etildi.
Mazkur sessiyada Bog‘ot tumanida 184 nafar, Gurlan tumanida 321 nafar, Qo‘shko‘pir tumanida 54 nafar, Shovot tumanida 50 nafar, Tuproqqal’a tumanida 60 nafar, Urganch shahrida 8 nafar, Hazorasp tumanida 217 nafar, Urganch tumanida 187 nafar, Xiva shahrida 18 nafar, Xiva tumanida 100 nafar, Xonqa tumanida 56 nafar, Yangiariq tumanida 169 nafar, Yangibozor tumanida 85 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo'yicha Kengash qarori qabul qilindi.