Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

“Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ-937-sonli qonuni ijrosi yuzasidan o‘quv-seminar tashkil etildi


Xorazm viloyat adliya boshqarmasida “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ-937-sonli qonuni ijrosi yuzasidan o‘quv-seminar tashkil etildi

Unda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiallari vakillari hamda tuman (shahar) hokimliklarining sohaga mas'ul xodimlar ishtirok etdi.

Seminar davomida joriy yilning 15-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1153-son Qonuniga muvofiq qonunchilikka yer va unda qurilgan mulkka oid huquqlarni e'tirof etish jarayonlari yanada soddalashtirilishiga oid kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati ijrochilarga yetkazildi


Qayd etilganidek, barcha tuman (shahar) lar Ishchi guruhlarida vujudga kelayotgan xato va kamchiliklar muhokama qilindi.

Tadbir davomida ishtirokchilarning mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Qonun ijrosi yuzasidan bir xil amaliyotni yo`lga qo`yish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi va mas'ullarga ko`rsatmalar berildi.