Янгиликлар
22
Xorazmda adliya aralashuvi bilan tadbirkorga nisbatan 179 million so'mdan ortiq asossiz hisoblangan qarzdorlik bekor qilindi.
Bog‘ot tuman adliya bo‘limi tomonidan “N.D” MChJ rahbari M.B.ning qo‘shimcha to‘lov asosida olingan yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasi 2025-yil sentabr oyidan bekor qilingan bo‘lsada, grafik to‘xtatilmasdan 157 million so‘mdan ortiq qarzdorlik hisoblanganligi holatini o‘rganib, asossiz hisoblangan qarzdorlikni bekor qilishda amaliy yordam berishni so‘rab qilgan murojaati o‘rganilgan.
Tadbirkorning murojaati zarur va tasdiqlovchi hujjatlari hamda qonunchilik asosida o‘rganib chiqilganda my3.soliq.uz - elektron ma’lumotlar bazasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining ijaraga olish huquqini sotib olganlik bo‘yicha jamiyatning 2025-yil sentabr oyidan 2026-yil aprel oyi uchun 179 765 418 so‘m asossiz qarzdorlik hisoblanganligi aniqlangan.
Adliya bo‘limi tomonidan viloyat soliq boshqarmasiga kiritilgan taqdimnomaga asosan “N.D” mas'uliyati cheklangan jamiyatining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi ijara huquqini sotib olish to‘lovi bo‘yicha 2025-yil sentabr oyidan 2026-yil aprel oyi uchun hisoblangan asossiz qarzdorlikni hisobdan chiqarishga erishildi va tadbirkorning murojaati ijobiy hal etildi.
Natijada tadbirkorning qonuniy huquqlari tiklanib, uning faoliyatini barqaror davom ettirishi uchun zarur sharoit yaratildi