Янгиликлар
18
"YAGONA" tovar belgisi huquqiy himoya qilindi.
Xorazm viloyati adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro A.B.ga tegishli "YAGONA" tovar belgisini himoya qilish yuzasidan yo‘llagan murojaati ko‘rib chiqildi.
Murojaatni o‘rganish davomida "C.D" oilaviy korxonasi faoliyatida tekshiruv o‘tkazilib, "YAGONA" tovar belgisiga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan "YAGONA" nomli pista mahsuloti ishlab chiqarilganligi aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilish holati yuzasidan huquqbuzar yuridik shaxsga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari, ya'ni 82,4 mln so‘m jarima qo‘llanildi.
Hurmatli tadbirkorlar! O‘z brendingizni ro‘yxatdan o‘tkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali yoki Xorazm viloyat adliya boshqarmasining 62-227-77-22 raqami orqali xabar berishingizni so‘raymiz!