Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi rahbariyatining navbatdagi sayyor qabuli o`tkazildi.


Davlatimiz rahbarining 05.01.2026-yildagi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan Bog`ot tumanidagi "Sohibkor" mahallalarida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabulda viloyat adliya boshqarmasi boshlig`i, “mahalla yettiligi” hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Qabul davomida profilaktik hisobda turgan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, nizoli oilalar bilan manzilli ishlash, huquqiy muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda bu borada “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, MFY binosi, mahalla faoliyati, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi

Sayyor qabul davomida, 30 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi, 4 ta murojaat joyida hal etildi, 7 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berildi, 8 nafar fuqaroga sayyor tartibda huquqiy va davlat xizmatlari ko`rsatildi va o‘rganilishi talab etilayotgan holatlar bo‘yicha 4 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.