Янгиликлар
16
Yoshlar kuni
“Yoshlar kuni” doirasida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Yangibozor tumanida yosh tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda, yosh tadbirkorlar uchun qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlari, tadbirkorlikni davlat xizmatlari orqali ro`yxatdan o`tkazish va yo`lga qo`yish, kredit olish tartiblari, litsenziyalash yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ochiq muloqot davomida yoshlarni kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy masalalari o`rganildi, ularni qiziqtirgan savollariga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Bu kabi tadbirlar yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularni qo`llab-quvvatlash va bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazishga xizmat qiladi.