Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Davlat xizmatlaridan my.gov.uz portali orqali foydalanishning 5 ta afzalligi


1. Vaqt va masofani tejaysiz!
 Uydan yoki ish joyidan chiqmasdan 800 dan ortiq xizmatdan 24/7 rejimida onlayn foydalanish mumkin.

2. Navbatlarsiz xizmat olish!
Davlat xizmatlari markazlaridagi navbat va ovora bo‘lishlarsiz, arizalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron tarzda topshirish imkoniyati mavjud.

3. Kam pul to‘laysiz!
Barcha to‘lovlarga 10 foiz chegirma beriladi, DXMlarda olinadigan pullik xizmat haqlari umuman mavjud emas.

4. Korrupsiyaning oldi olinadi!
Davlat xizmatchisi bilan bevosita muloqotga kirishilmaydi.

5. Shaffoflik!
Arizalarning ko‘rib chiqish jarayonini, bosqichma-bosqich holatini onlayn kuzatib borish imkoniyati mavjud.

MUHIM! my.gov.uz portalida barcha kerakli ma’lumotnomalar, hujjatlar nusxalari va shaxsiy ma’lumotlar elektron shaklda shaxsiy kabinetda jamlanadi va ulardan istalgan vaqtda foydalanish mumkin.