Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Yoshlar kuni


“Yoshlar kuni” doirasida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Xiva shahridagi Qiyot mahallasida yoshlar ishtirokida tarixiy joylarga bir kunlik sayohat tashkil etildi.
 
Bunda Xiva shahardagi 1990-yildagi “Ogohiy uy muzeyi” arxitektura yodgorligiga tashriflar tashkil etilib, yoshlarga mavjud eksponatlar va ko`rgazmalar namoyish etilib, ularga muzey haqida, uni tashkil etilish tarixi haqida ma’lumotlar berildi.
 
Shuningdek, ochiq muloqot davomida yoshlarga mamlakatimizni ichki turizm salohiyati, tarixiy obidalar, ularni davlat muhokazasi, mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berilib, yoshlarning turizm borasida fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.
 
Bu kabi tadbirlar yoshlarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish va yoshlar o`rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish hamda ularga mamlakatimizning tarixiy joylari haqida xabardor bo`lib borishga xizmat qiladi.