Янгиликлар
Sayyor qabul
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi boshlig`ining navbatdagi sayyor qabuli o`tkazildi.
Davlatimiz rahbarining 05.01.2026-yildagi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan Qo`shko`pir tumanidagi "Zarbdor" mahallalarida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabulda viloyat adliya boshqarmasi boshlig`i, “mahalla yettiligi” hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Qabul davomida profilaktik hisobda turgan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, nizoli oilalar bilan manzilli ishlash, huquqiy muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda bu borada “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Sayyor qabul davomida, 20 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi, 2 ta murojaat joyida hal etildi, 11 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berildi, 7 nafar fuqaroga sayyor tartibda huquqiy va davlat xizmatlari ko`rsatildi va o‘rganilishi talab etilayotgan holatlar bo‘yicha 5 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.
Shuningdek, Qo`shko`pir tumanidagi 13-sonli maktabida Adliya organlari tomonidan tashkil etilgan "Huquqiy sinfi"da bo`lib, yaratilgan sharoitlar, mavjud huquqiy adabiyotlar va yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan mavjud imkoniyatlari bilan tanishildi.