Янгиликлар
09
Adliya aralashuvi bilan fuqaro ishga tiklandi
Urganch shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqaro R.N.ning “Shovot-Qulovot” irrigatsiya tizimi boshqarmasida Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish sho‘basi bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelib, uning roziligisiz boshqa ishga o‘tkazilganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati ko‘rib chiqildi.
O‘rganish davomida, ish beruvchi tomonidan xodimni, ya'ni murojaat muallifi R.N.ni boshqa doimiy ishga o’tkazishda uning yozma roziligi olinmaganligi, natijada mehnat qonunchiligi talablari buzilganligi aniqlandi.
Aniqlangan qonunbuzilish yuzasidan Urganch shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqaro R.N.ni avval egallab turgan Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish sho‘basi bosh mutaxassisi lavozimiga tiklash to'g'risida “Shovot-Qulovot” irrigatsiya tizimi boshqarmasiga taqdimnoma kiritildi.
Mazkur taqdimnomaga asosan, 2026-yil 8-may kunidan fuqaro R.N. avvalgi lavozimiga qayta tiklandi va uning murojaati ijobiy hal etildi.