Янгиликлар
06
Adliya xabari
Xorazmda 2025-2026 yillarda 6745 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e'tirof etildi.
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining joriy yil 19 iyun kungi navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.
Mazkur sessiyada Bog'ot tumanida 133 nafar, Gurlan tumanida 322 nafar, Qo’shko’pir tumanida 44 nafar, Shovot tumanida 109 nafar, Tuproqqal’a tumanida 70 nafar , Hazorasp tumanida 409 nafar, Xiva shahrida 22 nafar, Xonqa tumanida 51 nafar, Yangiariq tumanida 113 nafar, Yangibozor tumanida 73 nafar, Xiva tumanida 176 nafar, Urganch tumanida 201 nafar, Urganch shahrida 20 nafar jami 1743 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo'yicha Kengash qarori qabul qilindi.
Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq hujjatlarni ishlab chiqishdagi muammolar kamayadi, bozorda qonuniy kapital aylanmasi paydo bo‘ladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ma’lumot uchun, qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar viloyatimizda 6745 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.
Qonun ijrosi Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, kelgusida ham viloyatning barcha hududlarida huquqlarni e’tirof etish ishlari davom etadi.