Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Qonunchilikdagi yangiliklar


Adliya vazirligi Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3380-3, 2026-yil 29-iyun).

Mazkur idoraviy hujjat bilan Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi asosiy oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

xizmatlar provayderlari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda doimiy yashayotgan, bo‘lib turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxslar tomonidan boshqarilishi mumkin emas;

Xizmatlar provayderlari litsenziyalovchi organ bilan quyidagilarni kelishishlari lozim:

o‘z ustav kapitalidagi ulushlarni jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan norezidentlarga realizatsiya qilish;

o‘zining rahbariyati (rahbar, uning o‘rinbosarlari), jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha tarkibiy bo‘linma rahbarini almashtirish;

litsenziyalovchi organ arizani qabul qilgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida kelishish yoki kelishishni rad etish haqida qaror qabul qiladi;

kelishish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun yig‘im undirilmaydi.