Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Yoshlar kuni


“Yoshlar kuni” doirasida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Yangiariq tumani Chiqirchi mahallasidagi 11-sonli maktabda yoshlar ishtirokida Kitobxonlik madaniyatini oshirish yuzasidan “Kitob sovg`a qil” aksiyasi bo`lib o`tdi.
 
Yoshlar bilan uchrashuv davomi viloyat adliya boshqarmasi boshlig`i tomonidan eng faol bo`lgan va yuqori ko`rsatkichlarga erishgan o`quvchi yoshlarga o`ziga eng ko`p ta’sir qilgan asarlar kitoblarni o`zining shaxsiy izohlari bilan kitoblar va esdalik sovg`alar taqdim etildi.
 
Shuningdek, ochiq muloqot davomida yoshlarga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va imtiyozlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
 
Bu kabi tadbirlar yoshlarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish va yoshlar o`rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish hamda kitobxonlikni keng targ`ib qilishga xizmat qiladi.