Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Korrupsiyaga qarshi kurashish - jamiyat taraqqiyotining muhim omili


Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish - jamiyat taraqqiyotining muhim omili” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida soha xodimlariga davlat organlari faoliyatida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat odobi qoidalariga rioya etish hamda davlat xizmatchilarining huquq va majburiyatlari yuzasidan amaliy misollar asosida huquqiy tushuntirishlar berildi.


Shuningdek, statistika ma’lumotlarining xolisligi, ishonchliligi va shaffofligini ta’minlash korrupsiyaviy xavflarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Tadbir davomida ishtirokchilarning mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.