Янгиликлар
29
Bolalar oromgohlarida huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan tadbirlar bo‘lib o‘tdi
Barcha tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan voyaga yetmagan yoshlarning yozgi dam olishlarini maroqli o‘tkazish, ular o‘rtasida sog‘lom muhitni to‘g‘ri shakllantirish maqsadida Xorazm viloyatidagi bolalar oromgohlarida dam olayotgan yoshlаr uchun targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida bolalar va yoshlarga qonunchilikda belgilangan huquq va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
“Yoshlar oyligi” va 26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari, ularning inson salomatligi va jamiyatga ta’siri yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, yoshlar sog‘lom turmush tarziga rioya etish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tadbirlar davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berilib, targ‘ibot materiallari tarqatildi.