Янгиликлар
29
Adliya xabari
Adliya vaziri o‘rinbosari M.Allakuliyev Urganch shahar adliya bo‘limida bo‘lib, bo‘limda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson va tez foydalanish uchun mavjud imkoniyatlar, aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy va davlat xizmatlar sifati hamda aholiga xizmat koʻrsatish jarayonlarini oʻrgandi.
Davlat va huquqiy xizmatlar ko`rsatilishi, elektron to`lov tizimlari, imkoniyati cheklangan hamda chet el fuqarolarga xizmat ko`rsatishda mavjud imkoniyatlarni yanada takomillashtirish yuzasidan xodimlarning taklif va fikrlari tinglandi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati va tezkorligi, aholiga yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat ko‘rsatish tizimining samaradorligi hamda tartib-taomillarga rioya etilishiga, ortiqcha qog`ozbozlik va byurokratiyani bartaraf etishga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, M.Allakuliyev tomonidan Urganch tumanida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning holidan xabar olindi, ularning kundalik hayotida uchrayotgan muammolari o`rganildi va ularning yechimi bo`yicha mutasaddilarga ko`rsatma va topshiriqlar berildi.