Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Adliya vaziri o`rinbosari M.Allakuliyev boshchiligida fuqarolar va tadbirkorlarning muammolarini bevosita o‘rganish va ularga huquqiy yechim berish maqsadida Urganch tumanida “Turkmanlar” mahallasida sayyor qabul bo`lib o`tdi.


Mutasaddi tashkilotlar tomonidan tegishliligi bo`yicha har bir murojaat atroflicha tinglanib, amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.
 
Sayyor qabul yakunlariga ko‘ra:

20 ga yaqin murojaat joyida hal etildi;
30 dan ortiq murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi;
29 ta murojaat bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganish o‘tkazish hamda tegishli huquqiy hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga olindi.
60 nafar fuqarolarga sayyor tartibda davlat va huquqiy xizmatlar ko`rsatildi.
 
Sayyor qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, 27-iyun – “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan bir guruh ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlar e’tirof etilib, Tashakkurnoma va esdalik sovg`alari topshirildi.