Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Adliya vaziri o‘rinbosari M.Allakuliyev Xorazm viloyati Urganch tumanidagi turistik hamda madaniy-meros obyekti sanalgan “Ulli hovli” majmuasida bo`ldi.


Majmuada sayyohlik va ziyorat turizmi uchun yaratilgan sharoitlar hamda o`zbek va turkman millatiga madaniyatiga oid ko`rgazmalar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, M.Allakuliyev tomonidan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan fuqarolar bilan uchrashuv o`tkazildi, fuqarolarga huquqiy va davlat xizmatlari ko`rsatildi, bo`sh ish o`rinlari yarmarkasi tashkil etildi hamda bepul tibbiy ko`rik tashkil etildi.

Qonunga asosan Xorazm viloyati bo`yicha yer uchastkasi hamda  unda qurilgan  bino va inshootlariga  bo‘lgan huquqlari e’tirof etilganligi yuzasidan 15 nafar fuqarolarga tegishli hujjatlar topshirildi.