Янгиликлар
25
PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan Gurlan tumanidagi “Oqqum” mahallasida hamda Xonqa tumanidagi “Jannatmakon” mahallasida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyatining sayyor qabullari bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbarining 05.01.2026-yildagi “Respublikа mаhаllаlаridа xаvfsiz muhitni yarаtish yo‘nаlishidа yaxlit mаnzilli ishlаsh tizimini joriy etishgа qаrаtilgаn qo‘shimchа chorа-tаdbirlаr to‘g‘risidа”gi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan Gurlan tumanidagi “Oqqum” mahallasida hamda Xonqa tumanidagi “Jannatmakon” mahallasida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyatining sayyor qabullari bo‘lib o‘tdi.
Qabullar davomida nizoli oilalar bilan manzilli ishlash, fuqarolarning huquqiy muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish hamda bu borada “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 05.04.2024-yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O'RQ-937-son Qonuni mazmun-mohiyati, "E'tirof" AT platformasi haqida, fuqarolar tomonidan 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda uy-joy qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish tartiblari, uni amalga oshirish muddatlari haqida ham tushuntirishlar berildi.
Sayyor qabullarda, 4 ta murojaat joyida hal etildi, 22 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi va o‘rganilishi talab etilayotgan holatlar bo‘yicha 5 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.