Янгиликлар
24
Bilasizmi, sizning quyidagi harakatlaringiz ma'muriy javobgarlikka sabab bo'ladi (https://lex.uz/docs/-97664):
xabardor qilish tartibida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan faoliyat bilan xabarnoma yubormasdan shug‘ullanish;
amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat bilan tegishli hujjatsiz shug‘ullanish;
litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish.
Qonunchilikda amalga oshirilishi uchun litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish talab etiladigan hamda vakolatli organlarni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari belgilangan.
Unutmang, qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi!