Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

23-iyun — Davlat xizmati kuni


Mazkur sana davlat xizmatining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatini e’tirof etish, davlat xizmatchilarining mas’uliyatli mehnatini keng targ‘ib qilish hamda samarali, ochiq va fuqarolarga yo‘naltirilgan davlat boshqaruvi tamoyillarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Davlat xizmati fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash, sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatish hamda mamlakatning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashuvchi muhim institut hisoblanadi.


Adliya organlari faoliyati ham qonun ustuvorligini ta’minlash, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda davlat xizmatlari sifatini yuksaltirishga qaratilgan muhim vazifalarni o‘z ichiga oladi.