Янгиликлар
22
Xorazm viloyati adliya boshqarmasida “Yilning eng faol yosh xodimi” tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi
Xabaringiz bor, adliya organlari va muassasalarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyati, tashabbuskorligi va ijtimoiy faolligini rag‘batlantirish maqsadida “Yilning eng faol yosh xodimi” tanlovi tashkil etilmoqda.
Ishtirokchilar quyidagi shartlar bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdi:
“Men haqimda” taqdimoti;
“Tashabbuskorlik va faollik”;
“Huquqiy muammoli holat (kazus)”.
Tanlov natijalariga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi va esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi:
1-o‘rin – Matnazarov Xursandbek Sanjar o‘g‘li (Bog‘ot tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti);
2-o‘rin – Rajapov Quvondiq Xasan o‘g‘li (Xorazm viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi bosh maslahatchisi);
3-o‘rin – Begova Zuxra Otanazar qizi (Xorazm viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy axborot sho‘basi bosh maslahatchisi).
Saralash bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan X.Matnazarov Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmaga ega bo‘ldi va unga tanlovning keying bosqichida ulkan zafarlar tilab qolamiz.