Янгиликлар
20
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi boshlig`ining navbatdagi sayyor qabuli o`tkazildi.
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi boshlig`ining navbatdagi sayyor qabuli o`tkazildi.
Davlatimiz rahbarining 05.01.2026-yildagi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan Shovot tumanidagi “Archazor” mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabulda viloyat adliya boshqarmasi boshlig`i, “mahalla yettiligi” hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Qabul davomida profilaktik hisobda turgan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, nizoli oilalar bilan manzilli ishlash, huquqiy muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda bu borada “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Sayyor qabul davomida, 35 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglandi, 18 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berildi, 4 ta murojaat joyida hal etildi va o‘rganilishi talab etilayotgan holatlar bo‘yicha 7 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.
1 nafar fuqaroning elektr energiyasi va suv ta’minoti bo`yicha masalasi shu joyni o`zida hal etildi