Янгиликлар
18
Yoshlar kuni
“Yoshlar kuni” doirasida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati boshchiligida yoshlar ishtirokida Urganch tumani Cholish mahallasida yolg`iz yashovchi keksalarga yordam beruvchi yagona ko`ngillilik aksiyasi o`tkazildi.
Volontorlik madaniyatini shakllantirish maqsadida tadbirga yoshlar jalb etildi, yolg`iz yashovchi fuqarolar holidan xabar olindi, ular tibbiy ko`rikdan o`tkazildi, mavjud kundalik hayotidagi huquqiy masalari o`rganildi.
Mazkur aksiyada yoshlar tomonidan mahallalarda yolg`iz yashovchi keksalarning uylari va xonadonlari atroflari obodonlashtirilib, tozalandi.