Янгиликлар
18
“Ayollar daftari – muammolar yechimi, imkoniyatlar eshigi!”
Xorazm viloyat prokuraturasi, adliya, ichki ishlar, oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida Yangibozor tumanining Hamid Olimjon mahallasidagi “Oila va xotin-qizlar maskani”da “Ayollar daftari”ning 7-bosqichini namunali tashkil etish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
“Ayollar daftari – muammolar yechimi, imkoniyatlar eshigi!” mavzusidagi seminarda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini manzilli hal etish hamda huquqiy, tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir doirasida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 133 nafar xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, 60 nafar xotin-qizlarga psixologik seminar-trening o‘tkazildi. 96 nafar xotin-qizlarga adliya bo‘limi tomonidan birlamchi bepul huquqiy yordam ko‘rsatilib, ularni qiziqtirgan huquqiy masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari yamarkasi tashkil etildi.