Янгиликлар
17
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari lavozimiga Matyoqubov Xushnudbek Norimbayevich tayinlandi.
X.Matyoqubov 1989-yil 7-iyulda Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, 2013-yilda Qoraqalpoq davlat universitetining yuridik fakultetini tamomlagan.
X.Matyoqubov o‘z mehnat faoliyatini 2014-yilda Xorazm viloyati adliya boshqarmasida kompyuter texnikalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnigi lavozimida ishlashdan boshlagan hamda adliya boshqarmasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Matyoqubov Xushnudbek Norimbayevichni ushbu mas'uliyatli lavozim bilan muborakbod etib, kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi!