Янгиликлар
17
Sayyor qabul
Davlatimiz rahbarining 05.01.2026-yildagi “Respublikа mаhаllаlаridа xаvfsiz muhitni yarаtish yo‘nаlishidа yaxlit mаnzilli ishlаsh tizimini joriy etishgа qаrаtilgаn qo‘shimchа chorа-tаdbirlаr to‘g‘risidа”gi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan Urganch shahridagi “Yuqoribog‘” mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabulda viloyat adliya boshqarmasi boshlig`i, “mahalla yettiligi” hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Qabul davomida profilaktik hisobda turgan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, huquqbuzarliklarni oldini olish, nizoli oilalar bilan manzilli ishlash, fuqarolarning huquqiy muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish hamda bu borada “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Sayyor qabul davomida, 10 ta murojaat joyida hal etildi, 12 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi va o‘rganilishi talab etilayotgan holatlar bo‘yicha 8 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.
2 nafar fuqaroning bolani bog`chaga joylashtirish hamda yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish yuzasidan xatlov masalasi shu joyni o`zida hal etildi