Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Adliya aralashgach ish haqi to'lovidagi kamchilik bartaraf etildi


Xorazm viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Sport o‘yin turlari va yengil atlektikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi xodimi A.A.ning lavozim maoshini hisoblashda bazaviy tarif stavkalari bir yarim baravar hisoblanishida amaliy yordam so‘rab yo‘llagan murojaati ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida, amaldagi qonunchilikka muvofiq murojaat muallifining lavozim maoshini hisoblashda bazaviy tarif stavkalari bir yarim baravar miqdorida hisoblanmayotganligi aniqlandi.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-maydagi PQ-5114-sonli Qarorida davlat sport ta’lim muassasalarida paralimpiya sport turlari bo‘yicha trenerlarning lavozim maoshini hisoblashda bazaviy tarif stavkalari bir yarim baravar miqdorda qo‘llanilishi belgilangan.


Ushbu holat yuzasidan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ish beruvchiga nisbatan qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritilib, mazkur taqdimnomaga asosan xodimga ish haqi to‘lovlari bazaviy tarif stavkalari bir yarim baravar miqdorida qo‘llanilishi ta’minlandi va fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.