Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Yoshlar kuni


“Yoshlar kuni” doirasida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Urganch shahar Davlat xizmatlari markazida Urganch davlat universitetining talabalari ishtirokida ochiq muloqot bo`lib o`tdi.

Uchrashuv davomida, yoshlar uchun qonunchilikda belgilangan huquqlari va imtyozlar, shuningdek, adliya organlarining vazifa va funksiyalari hamda adliya organlarida faoliyatni boshlash va ishga kirish uchun qonunchilikda belgilangan talablar haqida ma’lumotlar berildi.
 
Shuningdek, Tadbirning ikkinchi qismida Yoshlar uchun Urganch shahar davlat xizmatlari markaziga ekskursiya uyushtirilib, tadbirkorlik faoliyatini boshlashda Davlat xizmatlarining roli, biznesni boshlash, “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili haqida tushuntirishlar berildi hamda mavjud imkoniyatlar, xizmat ko`rsatish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirildi.
 
Ishtirokchi Yoshlar o`zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.