Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Xorazm viloyatidagi 13 tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi va “Adliya kuni” loyihasi doirasida bir qator tadbirlar o'tkazildi.


Tadbirlar doirasida, mahallalarda, ta'lim muassasalarida, mehnat jamoalarida bo'lib o'tgan uchrashuv va davra suhbatlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, norasmiy bandlik, qonuniy ish bilan band bo‘lishning afzalliklari bo‘yicha uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etilib, tadbirlarda, odam savdosi, majburiy mehnat, firibgarlik jinoyati, kiberjinoyatchilik, “Moliyaviy piramida” va bu kabi jinoyatlardan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar hamda javobgarlik masalalari hamda giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.


“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan tadbirlarda bolalar va yoshlarga ularni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar hamda “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartiblari va xizmatlar haqida ma’lumotlar berilib, ularning huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan 600 dan ortiq buklet va flayerlar tarqatildi

Shuningdek, tadbirlarda tazyiqni, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish uchun javobgarlik asoslari to‘g‘risida hamda O'zbekiston Respublikasining 25.02.2025-yildagi O'RQ-1037-son qonuni bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta'minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi" va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tash nufuzi va jozibadorligini oshirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ – 134-son Qarori mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.


Hududlarda jami 13 ta sayyor qabullar tashkil etildi, 326 nafar fuqaroga bepul birlamchi huquqiy yordam ko‘rsatildi, 166 ta sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi, 29 nafar fuqaroga protsessual hujjatlar rasmiylashtirib berildi.