Янгиликлар
09
Media-treningning amaliy mashg‘ulotlari Davlat xizmatlari markazida davom etdi
Urganch shahrida jurnalist va blogerlar uchun o‘tkazilayotgan “Davlat xizmatlari media nigohida: raqamli transformatsiyani fuqarolar uchun qanday yoritish kerak?” mavzusidagi o‘quv treningi doirasida navbatdagi amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar Urganch shahar Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan yaqindan tanishib, davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini bevosita kuzatdi.
Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i ommaviy axborot vositalari vakillariga Davlat xizmatlari markazlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, fuqarolarga yaratilgan qulayliklar, raqamli xizmatlar hamda tizimning bugungi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi.
Amaliy mashg‘ulot jarayonida jurnalist va blogerlar davlat xizmatlarini ko‘rsatishning turli bosqichlarini o‘rganib, fuqarolar bilan ishlash amaliyoti, elektron tizimlar imkoniyatlari hamda xizmatlarning ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etilishi yuzasidan zarur ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
Mazkur amaliy mashg‘ulot trening ishtirokchilarining davlat xizmatlari tizimi faoliyatini chuqurroq anglashiga hamda ushbu yo‘nalishdagi media materiallarni sifatli va tushunarli tayyorlash bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.