Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Jurnalist va blogerlar uchun media-trening boshlandi


Urganch shahrida Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan kelgan 25 nafardan ortiq jurnalist va blogerlar ishtirokida “Davlat xizmatlari media nigohida: raqamli transformatsiyani fuqarolar uchun qanday yoritish kerak?” mavzusidagi ikki kunlik o‘quv treningiga start berildi.

Tadbir Yevropa Ittifoqi ko‘magida, BMT Taraqqiyot Dasturi hamda Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etildi.


Trening davomida ishtirokchilar:
sun’iy intellekt vositalaridan foydalanib kontent yaratish;
raqamli hikoyachilik;
mobil jurnalistika;
faktcheking va feyk axborotlarni aniqlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda.

Trening Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi hamkorligida tashkil etilib, media vakillarining davlat xizmatlari, raqamli transformatsiya va ochiq ma’lumotlar mavzularini sifatli yoritish bo‘yicha salohiyatini oshirishga qaratilgan.


Mazkur trening davlat xizmatlari sohasidagi islohotlar va raqamli transformatsiya jarayonlarini aholiga sodda, tushunarli va fuqaroga yo‘naltirilgan shaklda yetkazish bo‘yicha media vakillarining salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.