Янгиликлар
04
Adliya aralashgach
Yangibozor tumani adliya bo‘limi tomonidan fuqaro I.O.ning mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida ishlagan davrida foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun kompensatsiya to‘lovlari to‘lanmaganidan norozi bo‘lib qilgan murojaati ko‘rib chiqildi.
Aniqlanishicha, murojaat muallifi 2020-yil 1-maydan 2024-yil 1-yanvargacha ishlagan davrida mehnat ta’tilidan foydalanmaganligi sababli foydalanilmagan mehnat ta’tilli uchun pulli kompensatsiya to‘lovlari amalga oshirilmagan.
Ushbu holat yuzasidan tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro I.O.ga to‘lanmasdan qolgan mehnat ta’tili uchun 12 582 069 so‘m kompensatsiya pullarini undirish haqida fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi. Sud tomonidan ushbu da’vo ariza qanoatlantirildi va fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.