Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Jumanyozov Nodir Xudayberdiyevich Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy hamkorlik boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.


Nodir Jumanyozov 1982-yilda Xorazm viloyati Hazorasp tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos. 2003-yilda Qoraqalpoq davlat universitetining bakalavr bosqichini, 2005-yilda Toshkent davlat yuridik institutining magistratura bosqichini tamomlagan. 2013-yilda Koreya Respublikasining CHUNG-ANG CAU universiteti doktorantura bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyati:

— 2005–2006-yilda Adliya vazirligi Maʼmuriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi katta maslahatchisi;

— 2006–2009-yillarda Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasida katta maslahatchi, yetakchi maslahatchi, bosh maslahatchi;

— 2009–2013-yillarda Koreya Respublikasining CHUNG-ANG CAU universiteti doktoranti;

— 2013–2017-yillarda Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i;

— 2017–2018-yillarda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining Xalqaro aloqalar boshqarmasida sho‘ba mudiri;

— 2018-yilda Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i;

— 2018–2020-yillarda Adliya vazirligi tizimida Xalqaro-huquqiy hamkorlik hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro va xorijiy tashkilotlardagi manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan;

— 2020–2021-yillarda Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari;

— 2021–2022-yillarda Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar (2022-yildan) Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.


Adliya vazirligi jamoasi Nodir Jumanyozovni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.