Янгиликлар
04
Xorazm viloyati adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Atayev Moʻminjon Xursandovich Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Moʻminjon Atayev 1987-yilda Xorazm viloyati Xiva shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos, 2-darajali adliya maslahatchisi. 2010-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati:
—2011–2013-yillarda Xorazm viloyati Xiva tumani “Xiva-sopoli” masʼuliyati cheklangan jamiyatida huquqshunos;
— 2013–2014-yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi notarial arxiv arxivariusi;
— 2014–2016-yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasi Notariat, advokatura va FHDY organlari bo‘limi yetakchi maslahatchisi;
— 2016–2017-yillarda Xorazm viloyati adliya boshqarmasi Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limi bosh maslahatchisi;
— 2017-yilda Xorazm viloyati adliya boshqarmasi Davlat xizmatlari ko‘rsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish bo‘limi bosh maslahatchisi, bo‘lim boshlig‘i;
— 2017–2022-yillarda Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;
— 2022–2024-yillarda Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar (2024-yildan) Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Adliya vazirligi jamoasi Moʻminjon Atayevni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.