Янгиликлар
03
Xonqa tumani hokimligida “Ijro intizomi – samaradorlik omili” mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda tumandagi idora va tashkilotlar mas’ullari, murojaatlar bilan ishlashga mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Dastlab tumanda qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat hujjatlari ijrosi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning ahvoli tanqidiy muhokama etildi, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar ko‘rsatilib o‘tildi.
Seminar davomida:
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-51-son Farmoni;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-117-son Farmoni mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga murojaatlar bilan ishlashning zamonaviy usullari bo'yicha ma'lumotlar berildi hamda amaliy tajribalar bilan o'rtoqlashildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar oldi.