Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Urganchda jamoatchilik maslahat kengashlari uchun trening tashkil etildi


Urganch shahrida jamoatchilik maslahat kengashlari faoliyatini yanada samarali tashkil etish, fuqarolar va davlat organlari o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashga qaratilgan trening bo‘lib o‘tdi.

Mazkur trening Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etildi.


Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir tumani va Xorazm viloyatining Yangiariq tumanidan jamoatchilik maslahat kengashlari vakillari ishtirok etishdi.

Trening davomida ishtirokchilar:

jamoatchilik bilan samarali muloqot;
hisobdorlik va shaffoflik mexanizmlari;
ishtirokchi boshqaruv yondashuvlari;
maslahat va jamoatchilik nazoratini tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladi.

Jamoatchilik maslahat kengashlari fuqarolar fikri va aholi ehtiyojlarini qaror qabul qilish jarayonlariga yetkazishda muhim platforma hisoblanadi.

Mazkur tadbir hududiy treninglar turkumining uchinchisi bo‘lib, undan avvalgi tadbirlar Farg‘ona va Buxoro shaharlarida tashkil etilgan edi.