Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasiga start berildi


 Joriy yilning 25-mayidan 25-iyuniga qadar Adliya vazirligi tomonidan respublika bo‘ylab “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkaziladi.

Aksiya doirasida bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish, buzilgan huquqlarini tiklash, huquqiy savodxonligini oshirish hamda qonunchilikda belgilangan imtiyoz va kafolatlar bo‘yicha keng tushuntirish ishlari olib boriladi.

Shuningdek:
sayyor qabullar va “Adliya kuni” tadbirlari;
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari;
huquqiy targ‘ibot tadbirlari va seminar-treninglar;
“Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkalari;
bolalar va yoshlarni qiynayotgan huquqiy muammolarni hal etishga qaratilgan amaliy tadbirlar tashkil etiladi.